O‘mon Sultonligi elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2024-12-04 11:50:00 / Yangiliklar
Unda tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi, energetika, tibbiyot, sun’iy intellekt, muhandislik sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, O‘monning Sulton Qobus universiteti bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligini kengaytirish, yurtimiz arab tili professor-o‘qituvchilari malakasini O‘mon oliygohlarida oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Elchi O‘zbekiston bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Suhbat davomida Sulton Qobus universiteti bilan O‘zbekiston OTMlari hamkorligini kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishining dolzarb ehtiyojlaridan kelib chiqib, O‘mon Sultonligi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida suvni tozalash, neftni qazib olish va qayta ishlash texnologiyalari sohasida tajriba almashish taklif etildi.
Ushbu hamkorlik O‘mon universitetlaridan mutaxassislarni taklif qilish, o‘z navbatida, o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilarni O‘mon universitetlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish obyektlariga yuborish orqali amalga oshirilishi mumkinligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida arab tilini o‘z ichiga olgan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik dasturi yoki harakat rejasini ishlab chiqish borasidagi hujjat imzolashga kelishib olindi.