Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuvi
2024-11-15 14:25:00 / Yangiliklar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, aholini kasb-hunarga tayyorlash hamda sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarning salmogʻini oshirish, shuningdek, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturidagi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.