Rekonstruksiya loyihasida xalqaro hamkorlik
2024-11-12 17:00:00 / Yangiliklar
2024-yil 12-noyabr kuni Suv xo‘jaligi vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)ning Barqaror infratuzilma guruhi, Yevroosiyo infratuzilmasi direktori Ye. Miroshnik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suv xo‘jaligi vaziri Sh. Xamrayev delegatsiya a’zolarini tashrif bilan qutladi.
Prezidentimiz tomonidan 2025-yil – suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” deb e’lon qilinganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda Farg‘ona vodiysida 118 ta nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish bosqichlari muhokama qilindi.