Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv
2024-10-30 09:40:00 / Yangiliklar
2024-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni sezilarli natijalar bilan boyitish zarurati ortib borayotganligiqayd etildi.
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlandi.
Hamkorlikning doimiy yuksalish yo‘nalishini ta’minlash uchun yaqindan ishlashga kelishib olindi.