Özbekiston va Şveysariya örtasida suv xöjaligi sohasidagi hamkorlik
2026-11-20 10:50:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, Özbekiston va Şveysariya örtasida suv xöjaligi sohasida köp yillik samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Xususan, 2005-yildan buyon Şveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi kömagida suv resurslarini integral boşqariş, institutsional rivojlaniş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga qaratilgan qator loyihalar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, Şveysariya tomoni Özbekiston Respublikasining Suv kodeksini işlab çiqiş jarayonida xalqaro tajribani örganiş va jalb etişga amaliy kömak körsatdi.
Hamkorlik doirasida «SmartWater» axborot tizimi, «TOMÇI» elektron reestri va boşqa raqamli yeçimlar işlab çiqilib, takomillaştirildi. Suv xöjaligi mutaxassislarining malakasini oşiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş borasida ham izçil işlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda suv tejovçi texnologiyalar qamrovi yildan yilga oşib bormoqda. 2017-yilda bunday texnologiyalar 28 ming gektar maydonda qöllanilgan bölsa, bugungi kunda 2,8 million gektarga, ya’ni suğoriladigan maydonlarning 65 foiziga yetdi.
2027–2029-yillarda Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qilişi mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim imkoniyat yaratadi. Bu davrda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş va Orolböyi aholisi turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan taşabbuslarni amaliy loyihalar orqali röyobga çiqarişga alohida e’tibor qaratiladi.
Uçraşuvda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, suv tejovçi texnologiyalarni keng tatbiq etiş va mintaqaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Muloqot Özbekiston va Şveysariya örtasida suv xöjaligi sohasidagi amaliy şeriklikni yanada mustahkamlaş nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

