Özbekiston va Gretsiya örtasida madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-11-20 09:55:00 / Yangiliklar
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Gretsiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Paraskevi Seveleki hamda KLEEMANN GROUP kompaniyasi mintaqaviy menejeri Savvas Kugiumsidis bilan uçraşdi.

Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va kelgusidagi hamkorlik yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, mamlakatimizda madaniyat va san’at muassasalarini zamonaviylaştiriş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy muhandislik va texnologik yeçimlarni joriy etiş masalalari körib çiqildi.
KLEEMANN GROUP kompaniyasining liftlar, eskalatorlar va vertikal transport tizimlari sohasidagi tajribasi, bu yeçimlardan mamlakatimizdagi madaniy infratuzilma loyihalarida foydalaniş imkoniyatlariga ham töxtalib ötildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettiriş va özaro manfaatli taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini örganişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

