Özbekiston va Kanada agrar sohadagi hamkorlik
2026-11-20 09:30:00 / Yangiliklar

Muloqotda ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, ilmiy tajriba almaşiş, tuproqşunoslik va çorvaçilik yönalişlarida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, olimlar va tadqiqotçilar örtasida almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, Özbekiston va Kanada ilmiy-tadqiqot institutlari örtasida töğridan-töğri hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş hamda qöşma tadqiqotlar olib borişga alohida eʼtibor qaratildi.
Ibrohim Abdurahmonov mamlakatimizda bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş sohasidagi salohiyat yuqori ekanini taʼkidlab, uşbu yönalişda kanadalik hamkorlar bilan investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Uçraşuv yakunida muhokama qilingan hamkorlik yönalişlari böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilaş va ularning amalga oşirilişini muvofiqlaştirib boriş maqsadida masʼul vakillardan iborat işçi guruh tuziş taklifi bildirildi.

