Özbekiston va Gruziya örtasida agrar hamkorlik
2026-11-19 09:15:00 / Yangiliklar

Muloqotda ikki mamlakat örtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda istiqbolli yönalişlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, zaytun yetiştiriş böyiça ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi. Şu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar almaşinuvi, özaro tajriba almaşiş, qişloq xöjaligini raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş kabi yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Şuningdek, uzumçilik va vinoçilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş, qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport-import hajmini oşiriş, çoy işlab çiqariş böyiça hamkorlik qiliş, xususan, uşbu yönalişlarda pilot loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda hamkorlikni nafaqat muzokaralar doirasida, balki amaliy taşabbuslar orqali yanada mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Özbekistonda Gruziyaning milliy mahsulotlari namoyiş etiladigan maxsus festival taşkil etiş taklifi ilgari surildi.
Muloqot davomida bildirilgan fikr va taşabbuslarda har bir yönaliş böyiça aniq takliflar işlab çiqiş, ularni bosqiçma-bosqiç amaliyotga tatbiq etiş hamda qöşma loyihalarni hamkorlikda amalga oşiriş yuzasidan kelişib olindi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qiliş va qişloq xöjaligi vazirligi örtasida qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan 2027-yilga möljallangan reja-tadbirlar imzolandi.


