Özbekiston va Ömon investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi
2026-11-17 15:10:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Ömon Sultonligiga davlat taşrifi arafasida Maskat şahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov uşbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uçraşuv va muzokaralar ötkazdi.

Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, elektrotexnika, energetika, kimyo va toğ-kon sanoati, quriliş, qişloq xöjaligi hamda raqamli texnologiyalar sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar.
Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, Ömon kapitalini developerlik va turizm loyihalariga jalb etiş, moliyaviy hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Kelişuvlarga erişildi - logistika markazlari tarmoğini rivojlantiriş, yangi işlab çiqarişlarni taşkil etiş, eksport yetkazib beriş hajmini kengaytiriş va istiqbolli investitsiya taşabbuslarini ilgari suriş böyiça.

