Agrar sohadagi hamkorlik strategik darajaga kötarilmoqda
2026-11-16 10:15:00 / Yangiliklar

Muloqotda ikki davlat örtasida oziq-ovqat xavfsizligi, savdo-iqtisodiy aloqalar va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, 2027-yildan boşlab oziq-ovqat mahsulotlari savdosini 2–3 barobar oşiriş, yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytiriş maqsadi belgilandi.
Şuningdek, Toşkent–Maskat töğridan töğri aviaqatnovlari orqali havo yuk taşuvlarini yölga qöyiş, Örta yölak va boşqa muqobil transport yönalişlaridan foydalaniş masalalari körib çiqildi.
Tomonlar Özbekistondan Ömon Sultonligiga meva-sabzavot, quritilgan mevalar va yonğoq mahsulotlari eksportini, Ömon Sultonligidan esa dengiz mahsulotlari va xurmo importini kengaytiriş böyiça fikr almaşdi. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş va qadoqlaş, baliqçilik hamda organik öğit işlab çiqariş sohalarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari ham muhokama qilindi.
Ömon Sultonligi tomoni Özbekistonning agroklaster va kooperatsiya modeli, qişloq xöjaligini imtiyozli kreditlaş, suğurtalaş hamda hosildorlikni rağbatlantiriş tizimiga katta qiziqiş bildirdi. Uşbu tajribani örganiş uçun texnik guruh tuziş taklif etildi.
Bundan taşqari, ğallaçilik, uruğçilik, suv tejovçi texnologiyalar, halol sertifikatlaş, oziq-ovqat sifati va xavfsizligi, ilm-fan hamda kadrlar tayyorlaş yönalişlarida hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olindi. Özbek kompaniyalarining Ömon Sultonligida har yili dekabr oyida ötkaziladigan qişloq xöjaligi körgazmasida iştirok etişi ham közda tutilmoqda.
Uçraşuvda Özbekiston tomoni oziq-ovqat tizimlari uçun «7D» konsepsiyasini ham taqdim etdi. Ma’lumotlar, diversifikatsiya, loyihalaş, intizom, amaliy ijro, özaro boğliqlik va özaro hurmat tamoyillariga asoslangan uşbu yondaşuv Ömon Sultonligi tomoni tomonidan hamkorlik uçun muhim asos sifatida körib çiqilişi bildirildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar erişilgan kelişuvlarni özaro anglaşuv memorandumi bilan mustahkamlaş hamda belgilangan yönalişlarda amaliy işlarni boşlaşga kelişib oldi.
