Harbiy havo kuçlari örtasidagi hamkorlik
2026-11-12 09:25:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Botir Kudratxöjayev Pokiston Islom Respublikasi Harbiy havo kuçlari qömondoni, aviatsiya boş marşali Zaheer Ahmed Babar Sidhu bilan uçraşuv ötkazdi.

Mazkur uçraşuvdan söng Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Jangovor harbiy havo kuçlari qömondoni general-mayor Ahmad Burhanov va Pokiston Harbiy havo kuçlari qömondoni örtasida ham alohida muloqot taşkil etildi.
Unda ikki davlat harbiy havo kuçlari örtasida qaror topgan hamkorlik munosabatlarining bugungi holati, erişilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor yönalişlar atrofliça muhokama qilindi.
Muloqot davomida harbiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro tajriba almaştiriş va ikki tomonlama aloqalarni yangi yönalişlarda kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

