Agrar sohada hamkorligi yangi bosqiçga kötarilmoqda
2026-11-11 09:25:00 / Yangiliklar

Muloqot avvalida vazir Özbekiston va Xitoy örtasidagi strategik hamkorlik munosabatlari bugun yangi bosqiçga kötarilayotgani, ayniqsa, qator tarmoqlarda özaro manfaatli aloqalar izçil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Uçraşuv davomida qişloq xöjaligida ilmiy-tadqiqot işlarini kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalar transferini jadallaştiriş va aqlli qişloq xöjaligi yeçimlarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekistonda dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş yönalişida Xitoy tajribasidan foydalaniş, uşbu sohada qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi mahsulotlari importi va eksporti hajmini oşiriş böyiça qator takliflar ilgari surildi.
Ayniqsa, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş, ilğor texnologiyalarni mahalliy şaroitga moslaştiriş hamda özaro savdo hajmini kengaytiriş masalalari hamkorlikning istiqbolli yönalişlari sifatida qayd etildi.
Şuningdek, muloqotda uruğçilik tizimini rivojlantiriş, sifatli uruğlik materiallari yetiştiriş borasida hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Şu bilan birga, Xitoy tajribasi va zamonaviy texnologiyalari asosida çorvaçilik komplekslarini barpo etiş, naslçilik işlarini takomillaştiriş, çorva mahsuldorligini oşiriş hamda uşbu yönalişlarga investitsiyalarni jalb etiş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida bildirilgan takliflarni atrofliça örganiş, istiqbolli yönalişlar böyiça hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş va özaro aloqalarni amaliy loyihalar bilan boyitiş muhimligi ta’kidlandi.


