Bektemir tumanidagi sanoat korxonasida işlab çiqariş va investitsiya loyihalari örganildi
2026-11-09 11:10:00 / Yangiliklar

Korxona elektr dvigatellari, generatorlar va transformatorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, elektrotexnika sanoatini rivojlantiriş, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirmoqda.
Xususan, korxonada umumiy qiymati 55 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş işlari olib borilmoqda. Loyiha natijasida 650 ta yangi iş örni yaratiş, 671 milliard sömlik mahsulot işlab çiqariş, 17 million dollarlik eksportni amalga oşiriş hamda 205,5 milliard sömlik import örnini bosuvçi mahsulotlar tayyorlaş rejalaştirilgan.
Örganiş jarayonida işlab çiqariş quvvatlari, mahsulotlar sifati va raqobatbardoşligini oşiriş, standartlaştiriş, muvofiqlikni baholaş hamda mahalliy mahsulotlarning içki va taşqi bozorlardagi örnini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, korxona vakillari tomonidan elektr dvigatellari, generatorlar va transformatorlar importining yuqoriligi, davlat xaridlarida import mahsulotlari bilan narx jihatidan raqobatlaşişdagi qiyinçiliklar hamda mahalliy işlab çiqarilgan tovar sertifikatlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligini qayta körib çiqiş zaruratiga oid muammolar kötarildi.
Mazkur masalalar yuzasidan Agentlik vakolatlari doirasida tegişli örganişlar olib boriş, mahsulotlarning amaldagi standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlaş, muvofiqlikni baholaş jarayonlaridagi muammolarga amaliy yeçim topiş hamda mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari körib çiqildi.
Bundan taşqari, korxonaning “Yangi avlod” sanoat zonasida elektr dvigatellari, generatorlar va transformatorlar işlab çiqariş klasterini taşkil etiş böyiça istiqbolli loyihasi bilan tanişildi.

