Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri “Mubadala” kompaniyasi bosh ijrochi direktori o‘rinbosari - bosh korporativ direktori bilan uchrashdi
2023-08-31 10:00:36 / Yangiliklar
Laziz Kudratov BAAning "Mubadala" kompaniyasi bosh ijrochi direktori oʻrinbosari - bosh korporativ direktori Xomeid al-Shimmari bilan muzokara oʻtkazdi.

Talimarjon IESda mavjud energiya bloklarini xususiylashtirish va yangilarini qurish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi muhokama qilindi. Shu bilan birga, “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash, taʼlim, yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda DXSh asosida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Mubadala - Abu Dabi hukumatining investitsiya kompaniyasi. Kompaniyada 100 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Kompaniya dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Aktivlarining umumiy qiymati 276 milliard dollardan oshadi.

