Içki işlar vazirligida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-06 11:10:00 / Yangiliklar

Muloqot avvalida Özbekiston va Qatar örtasidagi döstona munosabatlar, özaro hurmat va işonçga asoslangan hamkorlik aloqalari izçil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Uçraşuv davomida ikki davlat içki işlar organlari örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş, terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, narkotrafik hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş yönalişlarida özaro tajriba almaşiş va hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikning ahamiyati qayd etildi.
Tomonlar sohadagi özaro aloqalarni amaliy mazmun bilan boyitiş, mutaxassislar örtasida tajriba almaşinuvini yölga qöyiş hamda belgilangan yönalişlarda hamkorlikdagi işlarni faollaştiriş yuzasidan fikr almaşdilar.
