Hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-03 09:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida investitsiya muhitini takomillashtirish, tashqi savdo va eksportni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish borasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Grant mablag‘larini jalb etish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, Aid for Trade dasturining yangi bosqichini amalga oshirish, yashil moliyalashtirishni rivojlantirish va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan sheriklikni yanada mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

