Madaniyat vaziri xalqaro forumda ishtirok etmoqda
2026-10-29 15:50:00 / Yangiliklar

Ozarbayjon tomonining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mazkur forumda ishtirok etmoqda.
Forum doirasida tashkil etilgan “Hamkorlikdan birgalikdagi harakatlarga: sun’iy intellekt davrida madaniyatlararo muloqot bo‘yicha global sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusidagi yig‘ilishda vazir nutq so‘zladi.
Nutqda sun’iy intellekt va yangi texnologiyalarning madaniyatga ta’siri, madaniy xilma-xillikni saqlash, tarixiy xotira va milliy o‘zlikni asrash, inson ijodkorligi hamda ijodkorlar huquqlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Vazir Ozodbek Nazarbekov forum davomida global muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va umumiy tashabbuslarni amaliy harakatlarga aylantirish muhimligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi forum “Umumiy kelajak uchun muloqot: bo‘lingan dunyoda ko‘priklar barpo etish” mavzusida o‘tkazilmoqda. Unda 100 dan ortiq davlatlarning rasmiy delegatsiyalari, madaniyat va san’at arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.


