O‘zbekiston va Qatar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiradi
2026-10-27 09:35:00 / Yangiliklar

Qatar hukumati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va mineral resurslarni o‘zlashtirish sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Yangi Toshkentdagi loyihalarga Qatar kapitalini jalb etish, sanoat kooperatsiyasi, transport yo‘laklari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Istiqbolli tashabbuslarni moliyalashtirish mexanizmlari, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif yakunida investitsiya takliflarini ishlab chiqish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keyingi qadamlar kelishib olindi.


