O‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
2026-10-23 10:10:00 / Yangiliklar
Batumi shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2–3-iyul kunlari Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika, turizm va ta’lim sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.