O‘zbekiston va Bangladesh BMT doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi
2026-10-21 10:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi raisi, Bangladesh tashqi ishlar vaziri Halilur Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida BMT doirasidagi hamkorlik, Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi kun tartibi hamda dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Bangladesh tomoniga minnatdorlik bildirildi.
