Samarqandda “C5+1” vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-10-20 09:45:00 / Yangiliklar
19-oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston ishtirokida “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, transport, energetika va raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muhim minerallar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi sanoat loyihalarini amalga oshirish hamda “C5+1” va “B5+1” formatlari o‘rtasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar siyosiy kelishuvlarni aniq investitsiyalar va qo‘shma loyihalarga aylantirish, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

