Toshkent shahrida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi"ga start berildi
2024-10-03 17:00:00 / Yangiliklar
Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Jamshid Xodjayev kirish so'zi bilan ochib berar ekan, bugungi kunda paxtachilik sohasi yurtimiz uchun juda ham muhim ekanligini, bu kabi konferensiyalar orqali esa, ko'plab muammolarga yechimlar topilishini aytib o'tdi.
Bundan tashqari, J.Xodjayev so'nggi yillarda yurtimizda aynan paxtachilik sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini, buning natijasida erkin raqobatni ta’minlovchi bozor tamoyillariga asoslangan sohani sanoat asosida rivojlantirish, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va hosildorlikni oshirish maqsadida klaster tizimi yo‘lga qo‘yilganligini va bu tizim bosqichma-bosqich takomillashtirib borilayotganligini, shuningdek, paxta yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinib, erkin bozor tamoyillariga o‘tilganini aytib o'tdi.
Yurtimizda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi hamda sohadagi islohotlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilishi natijasida 2021-yilda “Cotton Campaign” koalitsiyasi tomonidan O‘zbekiston paxtasiga boykot bekor qilindi.
Bugun poytaxtimizda ilk bor o‘z ishini boshlagan "VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar ham mana shu izchil islohotlarning amaldagi tasdig‘idir.
Konferensiya davomida xalqaro tashkilotlar rahbarlari so'zga chiqib, bo'lib o'tayotgan konferensiyaning bugungi ahamiyati haqida aytib o'tdi.
Shuningdek, konferensiya davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Jamshid Xodjayev AQSH USDA-ARS da Paxta tolasi bioscience & Utilization Research bo'limining nazoratchi tadqiqot genetiki va tadqiqot rahbari Doktor Devid Fangga "ICAC 2024: yilning eng yaxshi tadqiqotchisi" mukofotini topshirdi.