O‘zbekiston va Gruziya qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-10-14 09:25:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mavjud qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda, ayniqsa, zaytunchilik sohasini rivojlantirish, zaytun bog‘larini barpo etish va yetishtirish tajribasini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Gruziyaning ushbu yo‘nalishdagi tajribasi, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, bog‘larni samarali tashkil etish va parvarishlash, shuningdek, hosildorlikni oshirishda ilmiy yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, meva-sabzavotchilik va bog‘dorchilik tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar salohiyatidan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

