O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik
2026-10-13 09:45:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili hamraislik qildilar.
Tomonlar o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, erkin savdo rejimidan foydalanish hamda sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, energetika va moliya sohalarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Transkaspiy transport yo‘nalishini rivojlantirish va Poti portida O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur markaz orqali mahsulotlarni Yevropaga ilk sinov tariqasida jo‘natish amalga oshirilgani qayd etildi.
Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, aviaqatnovlarni kengaytirish, turizm va hududlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 2027-yil bahorida Toshkent viloyatida o‘tkazish rejalashtirilgan.


