Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-08 09:55:00 / Yangiliklar
Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Investopia Bridge 2026” forumi hamda “BAA – O‘zbekiston: kapitalni imkoniyatlar bilan bog‘lash” biznes davra suhbatida ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida energetika, raqamli infratuzilma va sun’iy intellekt, moliya sektori, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, turizm, transport va logistika, shuningdek, ko‘chmas mulkni rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida ISSV rahbari BAA Iqtisodiyot va turizm vaziri Abdulla bin Tuk Al-Marriy, Investitsiyalar vaziri Muhammad Hasan Al-Suvaydiy, Tashqi savdo vaziri Tani bin Ahmad Al-Zeyudiy, shuningdek, BAAning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning davlat tashkilotlari, investitsiya fondlari va biznes vakillari ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlar belgilab olindi.


