O‘zbekiston va FAO hamkorligi yanada rivojlantiriladi
2026-10-06 09:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Syuy Dunyuy Janobi Oliylarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan yo‘lga qo‘yilgan keng ko‘lamli hamkorligi, shuningdek, FAO bilan o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan natijalar hamda FAO bilan hamkorlikni istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

