Nakkaş Holding kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
2026-10-05 09:25:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Nakkaş Holding kompaniyasining bosh direktori M.Islomoglu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilindi.
Xususan, Nakkaş Holding kompaniyasining istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, foydali qazilma boyliklari zaxirasini ko‘paytirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish hamda texnogen chiqindilar va ag‘darmalarni qayta ishlash loyihalaridagi ishtiroki kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

