Ta’lim sohasida yangi grant bitimi imzolandi
2026-09-28 17:35:00 / Yangiliklar

Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Hirata, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mamoru Sakay hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, davlat boshqaruvi va strategik sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat.
JDS loyihasi doirasida ayni paytda 52 nafar fuqaro Yaponiyada tahsil olishni davom ettirmoqda.
Navbatdagi tanlov iqtisodiyot, biznesni boshqarish, davlat siyosati, tadbirkorlik huquqi, axborot texnologiyalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston–Yaponiya ta’limiy hamkorligining boshqa muhim yo‘nalishlari, jumladan, yapon tilini o‘rganish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, muhandislik, sun’iy intellekt va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari sohalarida tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda yapon universitetlarining O‘zbekistondagi faoliyatini rivojlantirishga kelishib olishdi.


