“Sahro sadosi” IV xalqaro festivali
2026-09-25 / Voqealar taqvimi

25-26-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Anjuman Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Festivalning asosiy maqsadi — Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlarini, mahalliy hunarmandlar mahsulotlarini hamda hududdagi turizm maskanlarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ikki kun davomida hududning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, Tuproqqal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert dasturi o‘tkaziladi. Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Ichan qal’a” tarixiy majmuasi bo‘ylab ekskursiya ham rejalashtirilgan.