O‘zbekiston va JICA hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
2026-09-18 09:35:00 / Yangiliklar
Tokioda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar 2030-yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Sog‘liqni saqlash, xususiy sektor va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va JICA o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, shu jumladan yangi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish orqali yanada rivojlantirishga tayyorlik qayd etildi.


