Xalqaro hamkorlik
2024-09-19 09:55:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi madaniy hamkorlik aloqalari haqida so’z bordi, shuningdek, Koreyada ko’plab o‘zbekistonliklar istiqomat qilayotganligi, ularning farzandlarini koreys tilini tezda o‘rganib olishiga hamda koreys maktablariga moslashishiga sharoit yaratish maqsadida o‘zbek va koreys madaniyatini aks ettiruvchi raqs, kuy-qo‘shiq to‘garaklarini tashkil etish va ularga O‘zbekistondan san’at ustalarini jalb etish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi.
Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida professor No Te Choll tomonidan Koreyaning yirik shaharlarining birida O‘zbek madaniyat markazini tashkil etish hamda o‘zbekistonlik ijodiy jamoalarning gastrol safarini amalga oshirish takliflari bildirildi.