“Ustyurt” bitimi bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-09-08 09:55:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda Bitim doirasida 2025-yil va 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda geologiya-qidiruv ishlarining keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
Xususan, “Boyterak”, “Terengquduq”, “Birqori”, “Xaroy”, “Qoraqalpoq” va “Qulboy” investitsiya bloklarini qamrab olgan hududda 3D dala seysmik-qidiruv ishlari yakunlangani qayd etildi. Olingan ma’lumotlar Ustyurt mintaqasidagi istiqbolli neft va gaz obyektlarini yanada chuqur o‘rganish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Loyihaning navbatdagi bosqichida seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash va geologik jihatdan tahlil qilish, shuningdek, qidiruv qudug‘ini burg‘ilashga tayyorgarlik ko‘rish rejalashtirilgan.
Yig‘ilish yakunida tomonlar Ustyurt mintaqasining uglevodorod salohiyatini chuqur o‘rganish va undan samarali foydalanishga qaratilgan loyihani birgalikda davom ettirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

