Pokiston delegatsiya bilan uchrashuv
2026-09-08 09:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston hamda Pokiston oʻrtasida geologiya va togʻ-kon sanoati, taʼlim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda NUST oʻrtasida geologiya va togʻ-kon sanoati sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va uning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti (GFU) va NUST oʻrtasida taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, akademik va ilmiy tajriba almashish hamda oʻzaro manfaatli taʼlim dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari NUSTning GFUdagi ixtisoslashtirilgan kafedrasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

