O‘zbekiston va Serbiya agrar hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-09-08 09:25:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida nasldor chorva mollarini yetishtirish, zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish, go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, yem-xashak bazasini rivojlantirish, ilg‘or veterinariya texnologiyalarini joriy etish, intensiv bog‘larni barpo etish hamda yuqori hosildor urug‘lik navlarini yetishtirish va ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar O‘zbekiston tadbirkorlarining Serbiyada qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy agrotexnologiyalar va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, chorvachilik, bog‘dorchilik va urug‘chilik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Serbiya hududida chorvachilik, bog‘dorchilik va urug‘chilik yo‘nalishlaridagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

