Markaziy Osiyo yoshlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-09-07 09:30:00 / Yangiliklar

Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Tadbirda vazir E’zoza Karimova so‘zga chiqib, ushbu konferensiyaning ahamiyati, ekologik ta’lim va “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida maktablarda erishilgan natijalar haqida so‘z yuritdi.
Ma’lumot o‘rnida: Samarqand shahrida 4-6-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, Afg‘oniston, Ozarbayjon va Turkiyadan kelgan yoshlar qatnashdi.
Tadbir doirasida Mintaqaviy yoshlar bayonoti taqdim etildi va yuqori martabali davlat, BMT hamda hamkor tashkilotlar vakillariga tantanali ravishda topshiriladi.
Unda ishtirokchilar iqlim boshqaruvi, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, muzliklarning erishi va cho‘llanish bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlashdilar.


