Asosiy kontentga o'tish

Xalqaro hamkorlik

2024-09-11 09:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qatar davlatining taʼlim va oliy taʼlim vaziri Butayna bint Ali Al-Nuaymi xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zbek tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Mahkamov va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori S.Siddiqova ham ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sunʼiy intellekt, axborot texnologiyalari, yashil iqtisodiyot, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, oziq-ovqat xavfsizligi hamda neft-gaz sanoati sohalarida yaqindan hamkorlik qilish taklif etildi. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Tomonlar o‘zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishdilar

1006

Oxirgi yangilanish: 2024-09-11 09:31:15