O’zbekiston-FAO: imkoniyat, natija va samaradorlik
2024-09-06 09:30:00 / Yangiliklar
Forum doirasida qator xorijiy tashkilot rahbarlari bilan hamkorlik uchrashuvlari olib borilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda FAO bosh direktori Suy Dunyuy bilan bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda dunyodagi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga moslashish, logistika bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.
Binobarin, O‘zbekistonni jahonning boshqa davlatlari bilan bog‘lovchi transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi va tizimlarining hozirgi holati to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mintaqaviy va global darajadagi asosiy masalalarni hal etish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport va import hajmini oshirish bo‘yicha bir qator masalalar mazkur uchrashuvning asosiy masalalaridan biriga aylandi.
O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni mazkur forum haqida so‘z yuritar ekan, mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish, raqobatbardosh, bozor va eksportga yo‘naltirilgan sifatli mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qo‘shilgan qiymat zanjirni yaratish, sohaga ilm-fan va innovatsiyalarni joriy etishda muhim rol o‘ynashi bilan ahamiyatli ekanini va bunda FAO bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Shuningdek, FAO tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi mavjud muammolar hamda ularning yechimi borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar xususida so‘z yuritildi.
Ta’kidlash lozim, ushbu forum O‘zbekistonni jahonning boshqa mintaqalari bilan bog‘lovchi transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligi va tizimlarining hozirgi holati to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi taraqqiyotga to‘sqinlik qilayotgan mintaqaviy va global darajadagi asosiy masalalarni hal etish va qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini savdosi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi shartnoma va kelishuvlarga erishishga imkon yaratdi.
Zero, bu kabi yaqin hamkorlik uchrashuvlari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishiga oid yangidan-yangi investitsion kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish sohaning yanada taraqqiy etishida birlamchi omil bo‘lib xizmat qiladi.