Xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
2026-08-14 09:25:00 / Yangiliklar

Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova boshchiligidagi ishchi guruh dastlab Romitan tumanida bo‘lib, “Xotin-qizlar balansi” taqdimotlari bilan tanishdi. Unda “sariq” va “qizil” toifadagi xotin-qizlar holatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, soha mas’ullari, mahalla yettiligi hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda tizimni takomillashtirish bo‘yicha qator manfaatli takliflar ilgari surildi.
Tashrif davomida Qorovulbozor tumanida joylashgan Yoshlar markazida xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar va hunarmandchilik faoliyati ham bevosita o‘rganildi.
Asosiy maqsad — tizimdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, soha xodimlarini munosib qo‘llab-quvvatlash va eng muhimi, xotin-qizlar masalalarida aniq amaliy yechimlarga erishishdir.

