TIV rahbarining AQSh Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuvi toʻgʻrisida
2026-08-11 09:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik so‘nggi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlar rahbarlari o‘rtasidagi yaqin muloqot bugungi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlayotgani ta’kidlandi.
Ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, “C5+1” formati doirasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

