O‘zbekiston va AQSh hamkorligi muhokama qilindi
2026-08-05 09:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Dehli shahrida AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlarining barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ochiq hamda ishonchli muloqotni izchil davom ettirish, shuningdek, amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro intilishni tasdiqladilar.
