YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashuv
2024-08-29 09:55:00 / Yangiliklar
2024-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov YUNISEFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijioni qabul qildi.

Tomonlar qo‘shma loyihalar soni va ko‘lami kengayayotganini qayd etdi. Ta’kidlanganidek, o‘g‘il-qizlar uchun qulay shart-sharoit yaratish yurt ravnaqi va barqaror rivojlanishiga qo‘yilgan eng muhim investitsiyadir.
Tashqi ishlar vazirligi YUNISEFning O‘zbekiston Hukumati bilan hamkorlikda bolalarimiz uchun yaxshi kelajak yaratish yo‘lida mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.