Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani
2024-10-02 / Voqealar taqvimi
2024-yil 2–4 oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari o‘tkaziladi.