Oʻzbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik hamkorligi
2026-07-24 09:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashdi

Uchrashuvda siyosat, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi keng koʻlamli masalalar muhokama qilindi.
Oliy darajadagi kelishuvlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, “Markaziy Osiyo – Xitoy” mexanizmi va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari boʻyicha fikr almashildi.
Mamlakatlar oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash uchun zarur saʼy-harakatlar safarbar etishga tayyorlik bildirildi.


