O‘zbekiston - Fransiya: ishbilarmonlik muloqoti
2026-07-10 09:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 17 ta fransuz kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
MEDEF International – Fransiya biznesining xalqaro savdo, texnologik hamkorlik va xorijiy bozorlarda uzoq muddatli investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi yetakchi platformalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani qayd etildi. 2025-yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 1,4 mlrd dollarni, 2026-yilning yanvar–may oylarida esa 775 mln dollarni tashkil etdi (oʻsish — 150%).
Tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Amalga oshirilayotgan yoʻnalishlar qatorida EDF kompaniyasining energetika sohasidagi 2 mlrd dollarlik loyihalari, Orano kompaniyasining Navoiy viloyatidagi 600 mln dollarlik sanoat loyihasi, shuningdek Voltalia kompaniyasining quyosh va shamol energetikasi sohasidagi 325 mln dollarlik tashabbuslari mavjud.


