Turkiy davlatlar tashkiloti taʼlim vazirlari Samarqandda uchrashadi
2023-06-08 17:00:38 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-iyun kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining VII yig‘ilishi tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo mamlakatlari o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.
Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston taʼlim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.