O‘zbekiston–IFAD: Agrar sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-06-29 11:45:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida agrar sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro hamkorlikning bugungi holati hamda uni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda IFAD bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar natijalari hamda ularning qishloq hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, kichik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishdagi o‘rni muhokama qilindi.
Xususan, “Agrobiznes uchun samarali yechimlar: yuqori daromad, investitsiya va barqarorlik” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, innovatsion yechimlarni keng tatbiq etish, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchan qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalarni agrar tarmoqqa keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va IFAD o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ijobiy natijalari e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va IFAD o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda agrar sohada ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

