Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va “Efekta” kompaniyasi prezidentining uchrashuvi va hamkorlik memorandumi
2026-06-26 09:30:00 / Yangiliklar

Unda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar “Efekta” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosidagi ingliz tilini o‘rgatish platformasini “Kelajak” markazlari tarmog‘i orqali bosqichma-bosqich joriy etish imkoniyatlari muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida pilot loyihalar tashkil etish va platformani “Kelajak” markazlari faoliyatiga moslashtirishga kelishib olishdi hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida "Kelajak" markazi va “Efekta” tashkiloti o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: "Efekta Education" sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida ta’lim yechimlari ustida ishlovchi xalqaro ta’lim-texnologik kompaniya bo‘lib, innovatsion o‘qitish platformalarini ishlab chiqadi.


