Yurtimizda UNICEF bilan hamkorlikda pediatriya xizmati rivojlantiriladi
2026-06-25 09:45:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanganidek, UNICEF bilan hamkorlikda mamlakatimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, immunoprofilaktika tizimini takomillashtirish, sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, jamg‘arma ko‘magida yurtimizda vaksinalarni saqlash va yetkazib berish tizimi to‘liq modernizatsiya qilindi.
3 yil davomida ona va bola salomatligini asrash hamda neonatal xizmatni takomillashtirishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan,
231 ta tug‘uruq muassasasi 23 turdagi 7 mingdan ortiq zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi;
80 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlarining malakasi oshirildi;
29 ta akusher-ginekologik hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha milliy protokol yangilandi;
4 million nafardan ziyod onalar va bolalar sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olindi.
Muloqot davomida kelgusida pediatriya xizmatini yanada rivojlantirishga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq ekani aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, UNICEF va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining holati va aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini baholash ishlari amalga oshirildi. Bunda 400 ta muassasa qamrab olinib, ulardagi infratuzilmadan boshlab, inson resurslarigacha o‘rganib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida to‘plangan ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish va kelgusida ushbu muassasalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

