O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar
2026-06-25 09:10:00 / Yangiliklar

Tashrifning eng asosiy voqeasi Laziz Kudratov hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Ryusey Akadjava oʻrtasidagi muzokaralar boʻldi. Ikki davlat idoralari rahbarlari davlatlararo iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.
Shuningdek, tashrif davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Yaponiya biznes federatsiyasi («Keydanren») hamda «Yaponiya - Oʻzbekiston Ipak yoʻli» jamgʻarmasi rahbariyati bilan ham uchrashuvlar oʻtkazildi. Mazkur muloqotlarda loyihalarni moliyalashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari yuqori rahbariyati bilan ham samarali muzokaralar olib borildi. Uchrashuvlar yakunida energetika, moliya, bank ishi, mikromoliya, logistika, sogʻliqni saqlash, oziq-ovqat sanoati hamda biotexnologiyalar sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

