Bosh vazir o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-24 10:10:00 / Yangiliklar

Aholining murojaatlarini tinglash, fuqarolarni yillardan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolarga amaliy yechim topish maqsadida Ohangaron shahar "Oila va xotin-qizlar" maskanida navbatdagi keng qamrovli Sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu ochiq muloqot va qabul O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova boshchiligida hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, polkovnik Nilufar Giyasova, Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Normirzayeva, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshligi o‘rinbosari Ma’mura Abdullayeva va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida Ohangaron shahrining turli mahallalaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini o'ylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Murojaatlarning asosiy qismini yashash xonadonlarini ta’mirlash, ayollarning shaxsiy biznes va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalari ko'tarildi.
Muloqot davomida har bir fuqaroning dardi va takliflari mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida batafsil, atroflicha ko‘rib chiqildi. Aksariyat murojaatlar qonuniy asosda joyida ijobiy hal etildi.
"Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan hayotiy tamoyil asosida o‘tgan ushbu qabul, shahrimiz aholisining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.


